Ushbu maqolani yozishdan maqsad boshqaruv personalining lokal avtomatlashtirilgan ish о‘rnini (AIО‘) loyihalashda amaliy kо‘nikmalarni egallash hisoblanadi. Odatda kadrlar bо‘limi shaxsiy tartib ishchilari rо‘yxati, kadrlar harakati, kadrlarni о‘qitish va qayta о‘qitish ishlarini olib boradi. Shuningdek, bо‘limning vazifalariga lavozim instruksiyalarini tuzish, hisobotlarni shakllantirish va anketalarni qayta ishlash ham kiradi. Shu bilan birga, bо‘lim mehnat intizomi, xizmatchilarni xizmat pog‘onalarida kо‘tarilishini nazorat qiladi.